Qur’on o‘qishni umuman bilmaydiganlar
23 TA VIDEO DARS · 5 TA JONLI DARS · SHAXSIY USTOZ
Atigi 23 ta video dars bilan 2 oyda Qur’on o‘qishni boshlaysiz
Arab harflari va tajvidni bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Har kuni shaxsiy ustoz vazifangizni tekshiradi va savollaringizga javob beradi.

KURS KIMLAR UCHUN
Boshlash uchun oldindan bilim shart emas
Kurs aynan boshlang‘ich bosqich uchun tuzilgan. Sizning hozirgi darajangizdan boshlab tartibli yo‘l ko‘rsatiladi.
Arab harflarini hali tanimaydiganlar
Harflarni bilib, maxrajda qiynaladiganlar
Tajvidni bilmaydigan yoki oldin boshlab to‘xtaganlar
Chet elda yashaydigan yoki vaqti cheklanganlar
Maqsad — sizni harflardan boshlab, Qur’on o‘qishgacha olib borish.
2 OY · 23 TA VIDEO DARS
2 oyda nimalarni o‘rganasiz?
Barcha darslar Muallim Abu Bakrning “Boshlang‘ich Arab tili” kitobi asosida 1-darsdan 23-darsgacha ketma-ket tuzilgan.
Arab harflari, harakatlar va maxraj
Birinchi oyda arab yozuvini 0 dan boshlab, harflarning shakli, tovushi va to‘g‘ri talaffuzini o‘rganasiz.
- 1-JONLI DARSKirish darsi — ustoz bilan tanishuv
1-videodarsdan avval kurs tartibi, vazifa topshirish va ustoz bilan ishlash yo‘li tushuntiriladi.
- 01Alif va hamza harflari
- 02Ro va Za harflari
- 03Mim va Ta harflari
- 04Nun, Ya va Ba harflari
- 05Kaf, Lam va Vov harflari
- 06Ha, Fa va Qof harflari
- 2-JONLI DARSUstoz bilan jonli mustahkamlash
1–6-darslardagi harflar, talaffuz va maxraj ustoz bilan birga jonli tekshiriladi.
- 07Shin, Sin va Sa harflari
- 08Sod va To harflari
- 09Jim, Xo va Ha harflari
- 10G‘ayn va Ayn harflari
- 11Dal va Dod harflari
- 12Zal va Zo harflari
- 3-JONLI DARS1-oy imtihoni — harflar va maxraj
12 ta video darsdan keyin ustoz bilan jonli imtihon o‘tkaziladi.
Tajvid, namoz duolari va Qur’on o‘qish
Ikkinchi oyda tajvid qoidalarini amalda qo‘llab, namozdagi zikr va duolarni hamda qisqa suralarni to‘g‘ri o‘qishga o‘tasiz.
- 13Mad harflari va tashdid
- 14Tanvin qoidasi
- 15Vasliy alif va Taa marbuta
- 16“Al” qoidasi va sukun bilan bog‘liq qoida
- 17Sukunli Nun qoidasi — 1-qism
- 18Sukunli Nun qoidasi — 2-qism
- 4-JONLI DARSUstoz bilan tajvid amaliyoti
13–18-darslardagi tajvid qoidalari ustoz bilan jonli mashq va savol-javob orqali mustahkamlanadi.
- 19Muhim qoidalar
- 20Madlar
- 21Muqotto‘at harflari va namoz mavzusi
- 22Ixlos, Nos va Falaq suralari
- 23Kafirun, Nasr va Masad suralari
- 5-JONLI DARSYakuniy imtihon va sertifikat
23 ta video darsdan keyin yakuniy jonli imtihon o‘tkaziladi. Muvaffaqiyatli bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

MUALLIFLIK KITOBI
“Boshlang‘ich Arab tili” kitobi
Kursning 23 ta video darsi Muallim Abu Bakr tomonidan yozilgan shu kitob bilan bir tizimda tuzilgan. Harflardan tajvidgacha mavzular bosqichma-bosqich beriladi.
- Arab alifbosi va harakatlar
- Maxraj va harflarni ulash
- Mad, tashdid va tanvin
- Tajvid qoidalari va amaliy o‘qish

MUALLIM HAQIDA
Abu Bakr Maxamatov haqida
Abu Bakr Maxamatov O‘zbekistonda, jumladan Toshkentda tahsil olgan. Abdulxoliq ustoz va Ismail ustozlarga o‘qib bergan.
Hozirda online ta’limini va ijoza uchun o‘qishini davom ettirmoqda. 2023-yildan beri arab harflari va tajviddan dars berib keladi.
SHAXSIY USTOZ YORDAMI
Kurs davomida yolg‘iz qolmaysiz
Sizga shaxsiy ustoz biriktiriladi. Vazifangiz 24 soat ichida tekshiriladi, xatolaringiz tushuntiriladi va savollaringizga javob beriladi.
Shaxsiy ustoz tekshiruvi
Vazifangiz tekshiriladi va xatolaringiz birma-bir tushuntiriladi.
Sizga mos ustoz
Ayollarga ayol ustoz, erkaklarga erkak ustoz biriktiriladi.
Savol-javob va menejer yordami
Dars yoki tashkiliy masalalarda savollaringiz javobsiz qolmaydi.
O‘QUVCHILAR FIKRLARI
O‘quvchilarimiz nima deydi?
Kursimizda qatnashgan o‘quvchilarning haqiqiy fikrlaridan parchalar.
1 / 6
SAVOL-JAVOB
Ko‘p so‘raladigan savollar
01Men arab harflarini umuman bilmayman. Qatnasha olamanmi?
Ha. Kurs 0 dan boshlovchilar uchun tuzilgan va dastlabki darslar harakatlar hamda harflardan boshlanadi.
02Harflarni bilaman, lekin maxrajda qiynalaman. Kurs menga mosmi?
Ha. Shaxsiy ustoz talaffuz va maxrajdagi xatolaringizni tekshiradi, to‘g‘ri chiqarishni bosqichma-bosqich ko‘rsatadi.
03Tajvidni bilaman, lekin Qur’on o‘qiy olmayman. Qatnasha olamanmi?
Ha. Kurs qoidalarni amaliy o‘qishga ulashga yordam beradi. Ustoz darajangizni ko‘rib, qaysi bosqichdan boshlashni aytadi.
04Kursga qabul qachongacha davom etadi?
Qabul holati va keyingi guruh sanasini ariza qoldirgandan so‘ng menejer aytadi. Kurs davomida yangi video darslar seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 06:00 da chiqadi; har birini 48 soat ichida ko‘rib, vazifani topshirasiz.
05Faqat video dars bo‘ladimi?
Yo‘q. Sizga shaxsiy ustoz biriktiriladi. U yuborgan vazifangizni 24 soat ichida tekshiradi, xatolaringizni tushuntiradi va savollaringizga javob beradi. Savollaringizni bemalol berishingiz mumkin. Kursda 23 ta video dars va 5 ta jonli dars ham bor.
06Ayollar uchun ham ustoz bormi?
Ha. Ayol o‘quvchiga ayol ustoz, erkak o‘quvchiga erkak ustoz biriktiriladi.
07Kurs qayerda o‘tadi?
Kurs 100% online. Videodarslar yopiq Telegram kanalda, vazifa va aloqa esa yopiq guruhda bo‘ladi.
08Kurs narxi qancha?
Narx saytda ko‘rsatilmaydi. Ariza qoldirsangiz, menejer kurs tafsilotlarini sizga yuboradi.
0 dan Qur’on kursiga yoziling
Ismingiz, hozirgi darajangiz va Telegram telefon raqamingiz yoki foydalanuvchi nomingizni kiriting. Arizani yuborganingizdan keyin menejer siz bilan bog‘lanadi.